RobotAka

Yangilik

ChatGPT oʻzbek tilini qanchalik yaxshi tushunadi?

Sinab koʻrdik: lotin, kirill va shevada yozilgan savollarga javoblari.

«ChatGPT oʻzbekchani tushunadimi?» — bu bizga eng koʻp beriladigan savol. Qisqa javob: ha, tushunadi, lekin nyuanslar bor. Uchta yozuvda sinab koʻrdik.

Sinov qanday oʻtdi

Bir xil 10 ta savolni uch xil koʻrinishda berdik:

  • Lotin yozuvida: «Osh qanday tayyorlanadi?»
  • Kirill yozuvida: «Ош қандай тайёрланади?»
  • Shevada: «Oshni qanday qilishadi oʻzi?»

Natijalar

YozuvTushunishJavob sifati
LotinAʼloYaxshi, baʼzan ruscha soʻz aralashadi
KirillAʼloLotinga oʻxshash daraja
ShevaYaxshiSavolni tushunadi, javobni adabiy tilda beradi

Eng qiziq kuzatuv: shevada berilgan savolni ChatGPT toʻgʻri tushundi, lekin javobni doim adabiy tilda qaytardi. Kundalik foydalanish uchun bu yetarli.

Bu bizga nima degani?

Oʻzbek tilidagi kontent AI modellarga koʻproq tushayapti va har yangi versiyada oʻzbekcha javoblar sezilarli yaxshilanmoqda. Demak, «AI oʻzbekchani bilmaydi» degan bahona endi ishlamaydi — bugun boshlasangiz boʻladi.

Keyingi postda Gemini va Claude’ni ham xuddi shu savollar bilan sinaymiz. Qaysi biri oʻzbekchada kuchli — kanalda aytamiz.