RobotAka

Yangilik

Claude Opus 5: Anthropic yangi avlod modellarini chiqardi

Claude 5 oilasi nima bilan ajralib turadi va oddiy foydalanuvchiga nimasi bor.

Anthropic yozda Claude 5 oilasini taqdim etdi: iyul oxirida chiqqan Opus 5 va undan keyingi Sonnet 5. Bu — ChatGPT’ning asosiy raqobatchisi boʻlgan Claude’ning eng katta yangilanishi.

Asosiy faktlar

  • Opus 5 — kuchli qator: murakkab masalalar, uzun hujjatlar, jiddiy kod uchun
  • Sonnet 5 — tez va hamyonbop qator, kundalik ishlarga
  • Veb-sayt yasash boʻyicha reytinglarda (WebDev Arena) Opus 5 hozircha eng yuqori natijani koʻrsatgan modellardan

Bu bizga nimasi bilan qiziq

Claude azaldan matn bilan ishlashda kuchli hisoblanadi: tarjima, tahrir, uslubni saqlab yozish. Oʻzbekcha matnlarda ham buni sezish mumkin — javoblari tabiiyroq oʻqiladi, ruscha soʻz kamroq aralashadi.

Yana bir kuzatuv: 2026-yilda poyga aniq uch otliq boʻlib qoldi — OpenAI, Google va Anthropic navbatma-navbat bir-birini quvib oʻtyapti. Foydalanuvchi uchun bu yaxshi: modellar tezroq yaxshilanadi, narxlar esa tushadi.

Sinab koʻrish

claude.ai sahifasida bepul hisob ochish mumkin. Bepul tarifda ham yangi modellar ishlaydi, faqat kunlik limit bilan.

ChatGPT, Gemini va Claude’ni oʻzbekcha savollar bilan yonma-yon solishtiramiz — natijalar kanalda boʻladi.