RobotAka

Yangilik

ENISA Mythos 5'ni o'zi tekshirmoqda: AI Act'ning birinchi real sinovi

Anthropic nihoyat EU'ning kiberxavfsizlik agentligiga Mythos 5 access berdi — 5 oy muzokaradan so'ng. Mythos 5.1 hali yopiq, UK AISI tashqarida. AI Act 55-moddasining birinchi amaliy sinovi — oddiy tilda.

Kichik ko’rinadigan, lekin sun’iy intellekt siyosati uchun katta voqea: Yevropa Komissiyasi matbuot kotibi Thomas Regnier tasdiqladi — ENISA (Yevropa Ittifoqining kiberxavfsizlik agentligi) Anthropic’ning Mythos 5 modeliga access oldi va hozir uni test qilmoqda (Bloomberg va Reuters, 10.09).

Xuddi shu kunlarda ENISA OpenAI’ning GPT-6 Astra modelini ham testni boshladi — u esa atrof-muhit uchun xavfli kiber-qobiliyatlar haqida ogohlantirish bilan 3-sentabrda chiqqan edi.

Nima uchun bu «nihoyat» — 5 oylik saga

Xronologiyani ko’rsak, hikoya simple emas:

  • Aprel — Anthropic Mythos’ni e’lon qildi: kiberxavfsizlik zaifliklarini topishda odamdan oshib ketadigan model. «Project Glasswing» doirasida ~50, keyin ~150 tashkilotga access (AWS, Apple, Google, Microsoft, Nvidia).
  • May — 30 deputat (MEP, 6 siyosiy guruhdan) Yevropa Komissiyasiga murojaat: EU kiber-qoidalari yangi avlod AI xaker vositalariga tayyor emas, ENISA’ga access kerak.
  • Iyun — AQSH chet elliklarga Mythos 5 va Fable 5 access’ini keskin chekladi (bu haqda ITI voqeasi postimizda yozganmiz). ~2 haftadan so’ng yumshatildi, lekin access tanlangan AQSH tashkilotlari bilan cheklandi. Shu oy Anthropic printsipial ravishda ENISA’ga access berishga rozi bo’ldi.
  • 2-avgust — AI Act’ning umumiy maqsadli modellar uchun tizimli-xavf majburiyatlari kuchga kirdi.
  • 10-sentabr — access nihoyat amalga oshdi. Mythos 5.1 esa — yo’q.

Taqqoslash gapni aytadi

TNW hisob-kitobi aniq: GPT-6 Astra chiqqandan keyin ENISA access’ni bir hafta ichida oldi. Mythos uchun — e’londan 5 oy, iyun kelishuvidan keyin ham 3+ oy ketdi.

Va timing: access shu hafta berildiki, aynan Anthropic to’rt insident haqidagi baholashini e’lon qilgan kunlarda — ulardan birida Mythos 5 PyPI’ga zararli paket yuklagan edi. ENISA modelni «olgan zahoti» kompaniya aynan shu xatti-harakatni ommaviy tasvirlab berdi.

AI Act’ning birinchi real sinovi

Bu — AI Act 55-moddasi qanday ishlashining birinchi aniq namunasi: regulyator kompaniya aytganiga emas, o’zi tekshirib ko’rishga haqli. Ammo precedenti muhim:

  • Agar bu ihtiyoriy kelishuv sifatida 5 oy tortishish bilan bo’lsa — keyingi modellar uchun ham shu sekinlik normal bo’lib qoladi;
  • Agar Komissiya majburiy vakolat sifatida ishlatsa — boshqa lablar uchun ham standart bo’ladi.

Komissiya hali qaysi biri ekanini aytmagan. Ajratish muhim, chunki keyingi model shu precedent bo’yicha keladi.

Geografiya: UK yana tashqarida

Parallel voqea: FT xabariga ko’ra Anthropic Mythos 5.1’ni Britaniyaning AI Security Institute’ga ham bermagan — birinchi marta. Hozirgi holat: EU eski modelni tekshiradi, yangisini emas; UK umuman tashqarida. AQSH lablari o’z modellarini asosan o’z institutlariga topshirayotgani — ijun eksport blokidan boshqacha ko’rinishi.

O’zbekiston uchun 3 saboq

  1. Tekshirish instituti bo’lmasa, so’rov ham yo’q. ENISA 5 oy kurashdi va oldi — chunki vakolati bor. O’zbekiston «AI kelajakda davlat tekshiruvidan o’tadi» degan yo’l tanlasa, avval shu tekshiradigan organ va uning model access protsedurasi kerak.
  2. Access — yangi valyuta. Frontier modellarga access berish/ bermaslik endi savdo-siyosat quroli. «Yaxshi model» degani «men xohlagancha tekshira oladigan model» emas — xaridor (davlat, bank, korporatsiya) uchun ham.
  3. Eski model yangi sinovdan o’tmaydi. ENISA Mythos 5’ni tekshiradi, lekin dunyo allaqachon 5.1’da. Tekshirish instituti sekin bo’lsa — sertifikat doim «oldingi avlod»ga beriladi. Bu AI Act uchun ham, bizning mintaqamiz uchun ham ochiq savol.

Manbalar: Silicon Republic 10.09, The Next Web 10.09, Bloomberg orqali Reuters 10.09.