RobotAka

Vosita

Google Pics: Docs va Slides ichidagi professional AI rasm tahriri

Google'ning yangi rasm yaratish va tahrirlash vositasi — nima qila oladi, kimlarga yetib boradi va qanday sinab ko'riladi.

Google rasm bilan ishlash uchun yangi vosita chiqardi — Google Pics. Bu alohida sayt emas, to’liq rasm yaratish va tahrirlash studiyasi bo’lib, Nano Banana modeliga qurilgan (ushu model haqida alohida obzor yozgan edim).

Nima qila oladi

Eng kuchli tomoni — aniq, jarrohdek tahrir:

  • Ob’ektni tanlab o’zgartirish: sviterning rangini almashtirasiz yoki itni mushukka aylantirasiz — rasmning qolgani tegilmaydi
  • Rasmdagi matn bilan ishlash: matnni to’g’ridan-to’g’ri rasm ichida tahrirlash va boshqa tilga tarjima qilish — shrift va uslub buzilmaydi
  • Hammualliklik: bir rasmni bir vaqtda bir necha kishi tahrirlaydi (Google Docs’dagi hujjat kabi)
  • Workspace integratsiyasi: bugundan Docs va Slides ichida, tez orada Drive’da — tab almashtirib rasm generatorini qidirish shart emas

Vositani rasmiy manzilda sinab ko’rish mumkin: pics.new

Kimlarga yetib boryapti

Rolaut «coming weeks» ichida:

  • Google AI Pro va Ultra obunachilari
  • Aksariyat Workspace biznes mijozlari

Bepul tarifda hali yo’q — Google rasm generatorini pullik tariflarning asosiy «shirinligi»ga aylantirib boryapti.

Kim uchun kerak

  • Kichik biznes: mahsulot rasmlarini o’n xil fonda tayyorlash, Instagram postlari uchun grafika
  • Talaba/ofis xodimi: taqdimot (Slides) uchun rasm — to’g’ridan-to’g’ri ish joyida
  • Dizayner emas, lekin chiroyli rasm kerak bo’lgan odam: butun g’oya shunda

Robotaka eslatmasi

Nano Banana’ning «yuzni saqlash» kuchi soxta rasm (deepfake) uchun ham qulay — bu haqda Nano Banana obzorida batafsil yozilgan. Qoida o’zgarmaydi: boshqa odam suratini roziligisiz tahrirlab tarqatmang.


Manba: blog.google va workspace.google.com rasmiy e’lonlari, 2026-09-01.