NotebookLM: hujjatlaringiz bilan gaplashadigan AI
Google'ning bepul vositasi qanday ishlaydi va kimga foydali.
Tasavvur qiling: 100 betlik PDF’ni yuklaysiz-u, undan istalgan savolga javob olasiz — sahifa raqami bilan. NotebookLM aynan shu ishni qiladi, va u hozircha butunlay bepul.
Nima qila oladi
- PDF, Google Docs, veb-sahifa va YouTube havolalarini «oʻqiydi»
- Yuklangan manbalar boʻyicha savollarga javob beradi va manbani koʻrsatadi
- Hujjatdan audio-suhbat (podkast) yasab beradi
- Konspekt, test savollari va xronologiya tuzadi
Kimga foydali
Talabalarga. Maʼruza fayllarini yuklab, imtihonga tayyorlanish uchun test savollari yasatib olish mumkin.
Tadqiqotchilarga. Oʻnlab maqolani bitta joyga yuklab, «qaysi maqolada X haqida gap bor?» deb soʻrash mumkin.
Tadbirkorlarga. Shartnoma va hisobotlarni yuklab, muhim bandlarni tezda topish mumkin.
Oʻzbek tilini tushunadimi?
Sinab koʻrdik: oʻzbekcha PDF yuklab, oʻzbekcha savol berdik. Natija — javoblari tushunarli, lekin baʼzan ruscha yoki inglizcha soʻz aralashtirib yuboradi. Rasmiy hujjatlar uchun yetarli, badiiy matn uchun hali erta.
Xulosa: 10 balldan 8 ball. Bepul vosita uchun juda kuchli natija.
Qanday boshlash
- notebooklm.google.com sahifasiga kiring
- Google hisobingiz bilan tizimga kiring
- «New notebook» tugmasini bosib, birinchi hujjatingizni yuklang