O'zbekistonda sun'iy intellekt 2026: superkompyuter, 200 loyiha, $1,5 mlrd rejasi
O'zbekistonning sun'iy intellekt rejalari oddiy tilda: 62-o'rin reytingda, NVIDIA superkompyuter, 200+ loyiha, 1,5 mln sertifikat va AQSh–Xitoy tanlovi.
Dunyada AI bo’lib, bizda ham bo’lyapti — lekin aynan qayerda? prezident taqdimoti, forum bayonotlari va rasmiy reytinglarga tayangan holda, O’zbekistonning sun’iy intellekt xaritasini oddiy tilda yozib chiqdim.
Qayerda turibmiz?
O’zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik bo’yicha xalqaro reytingda 62-o’rinda — bir yilda 25 pog’ona ko’tarilgan. Maqsad: 2030-yilga top-50 davlat qatoriga chiqish.
Bu shartli reyting — lekin harakat real: joriy yilda iqtisodiyot va ijtimoiy sohada AI loyihalari soni 100 tadan oshiriladi, keyingi bosqichda jami 200 dan ortiq yangi loyiha ko’zda tutilgan. Yo’nalishlar: tibbiyot, energetika, transport, bojxona, huquq, jamoat xavfsizligi, ekologiya.
Superkompyuterimiz bor
Iyulda «Raqamli hukumat» data-markazida NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter ishga tushdi — quvvati bo’yicha jahon reytingida 321-o’rin. Kichikdek tuyuladi, lekin bu birinchi yirik hisoblash klasterimiz, va kelgusi 12 oyda quvvati uch barobar oshiriladi (yana $70 mln ajratish taklif etilgan).
AI — bu katta hisoblash quvvati demakdir. Superkompyutersiz o’z modellarini o’qitib bo’lmaydi, shuning uchun bu poydevor qadami.
Raqamlarda rejalar
- AI asosidagi mahsulot va xizmatlar hajmi — $1,5 mlrdga yetkaziladi
- IT Park’da AI rezidentlari soni yil yakuniga 300 taga, xizmatlar hajmi 2 trln so’mga, eksport $160 mlnga
- Ta’lim, sog’liqni saqlash, davlat xizmatlari va moliya uchun o’z modellarimiz ishlanmoqda
- 20+ sun’iy intellekt laboratoriyalari bilan hamkorlik kuchayadi
Oddiy foydalanuvchiga nima?
Eng katta dastur — kadrlar. Hozirga qadar 1,5 mln nafardan ortiq kishi sun’iy intellekt bo’yicha maxsus sertifikat olgan («Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» loyihasi doirasida, kelgusi ikki yilda to’liq amalga oshiriladi).
Bu shuni anglatadi: AI bilimi endi «dasturchi ishi» emas, umumiy ko’nikma bo’lyapti. Sertifikat olish yo’llarini IT Park va rasmiy platformalardan kuzatib turishga arziydi — bizning kanalda ham shunday amaliy narsalarni yozamiz.
AQSh mi, Xitoyimi?
Geosiyosat qizg’in: AQSh hamkorlaridan AI poygasida Xitoy ekotizimidan birini tanlashni so’ramoqda (Pax Silica tashabbusi), Xitoy esa WAICO tashkil qildi — O’zbekiston unga iyulda a’zo bo’ldi.
O’zbekistonning pozitsiyasi (Prezident Administratsiyasi vakili Bobur Xodjayev, avgust): ikkalasidan ham foydalanishni xohlaymiz. Mantiq oddiy — AQSh’dan ilg’or modellar, Xitoydan arzon ochiq modellar. Bundan tashqari, Qoraqalpog’istonda data-markazlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilingan, xalqaro kompaniyalar uchun «Enterprise Uzbekistan» maxsus zonasi tashkil etilgan.
Xulosa
Vaziyat «sector bo’lib ketdi»dan ko’ra «poydevor qo’yilyapti»ga o’xshaydi: superkompyuter, laboratoriyalar, sertifikat dasturi, raqamli rejalar. Bo’sh joy — amaliy ko’nikma: odamlarga AI’ni o’z ishida qanday ishlatish kerakligini o’rgatadigan o’zbekcha manba kam. Aynan shu bo’shliqni to’ldirishga harakat qilamiz.
Manbalar: prezident.uz taqdimoti (07.08, spot.uz va kun.uz orqali), gazeta.uz (24.08, Silk Road Finance & Technology Forum).
Bu mavzuni kuzatib boramiz — @robot_aka kanalida va robotaka.uz blogda.