Suno v6: AI musiqasida davr burilishi — Warner va BMG endi hamkor
Suno v6 birinchi marta yirik leybllar — Warner Music Group, BMG va Believe — bilan birga o'qitilgan AI musiqa modeli. Royalti to'lovlari boshlanadi, Universal va Sony esa sudda qolmoqda. Nima o'zgardi va o'zbek tinglovchisi uchun nima ma'no anglatadi.
AI musiqasining eng katta mojarosi — «leybllar AI’ga qarshi» — 180 gradusga burildi. Suno bugun v6 model avlodini chiqardi va bu birinchi marta yirik musiqa kompaniyalari bilan hamkorlikda qurilgan avlod: Warner Music Group, BMG va Believe.
Nima chiqdi
Musiqiy matbuotning xabar berishicha (Axios, Billboard, Music Ally — hammasi 09.09):
- Uch model: v6 (asosiy), v6 Wild (ijodiy chetga chiqish uchun), v6 Mini (yagona bepul model)
- Birinchi marta royalti: modeldan tushgan daromadning bir qismi hamkor leybllarga to’lanadi — AI musiqa tarixida birinchi marta
- Litsenziyalangan o’qitish: v6 litsenziyalangan Warner musiqasi + Suno foydalanuvchi ma’lumotlari kombinatsiyasida o’qitilgan
- Believe teskari yo’l tutdi: aprelda Suno treklarini taqiqlagan Believe/TuneCore endi o’z san’atkorlarini qo’shmoqda — ishtirok etuvchi rassomlar kompensatsiya oladi
- Hali yo’q: mashhur ijrochilar musiqlarini remiks qilish vositalari — «tez orada», san’atkor roziligi bilan
Ikkilangan manzara
| taraf | Holat |
|---|---|
| Hamkor bo’ldi | Warner (2025 oxirida kelishuv), BMG (avgust), Believe (sentabr) |
| Sudda qolmoqda | Universal, Sony, SOCAN, Koda, Round Hill |
Ya’ni Suno bir vaqtning o’zida ham hamkor, ham sudlanuvchi. Warner 2024-da RIAA sudi doirasida Suno’ni ayblagan, 2025 oxirida o’z qismini yopib hamkorlikka o’tgan. Universal va Sony davom ettirmoqda.
Suno hali ham foydalanuvchilarga mashhur ijrochiga o’xshash qo’shiq so’rashni bloklaydi — sun’iy ovoz klonlashga chegara qolmoqda.
Nega bu muhim
Suno nima? qo’llanmamizda yozgan edik: RIAA mojarosi AI musiqa vositalarining taqdirini hal qiladi. Bugun javobning birinchi qismi chiqdi: sud emak, hamkorlik yo’li tanlandi — hech bo’lmasa uchta yirik o’yinchi uchun.
Bu Meta Muse agentining $130K xavfsizlik bounty va boshqa «AI va sanoat hamkorligi» hikoyalariga o’xshash pattern: hamkorlik modeli g’alaba qozonmoqda — lekin faqat kattalar uchun. Mustaqil san’atkorlar uchun opt-in mexanizmi hali savol ostida.
O’zbek tinglovchisi uchun
- O’zbekcha kuylash ishlayveradi — v6 avlodi eski cheklovlarni saqlab qoladi (bepulda yuklab olish limiti)
- Huquqiy xatar kamaydi: litsenziyalangan model bilan yaratilgan treklarda tarqatish huquqi aniqroq — ammo tijorat ishlatishdan oldin hamon pullik rejaga chiqish kerak
- Yangi imkoniyat: TuneCore orqali tarqatish endi «AI yordamida yaratilgan» treklarga ham ochiq — o’zbek san’atkorlari uchun yangi yo’l
Manba: Axios (Jack Brody suhbati), Billboard (Mikey Shulman), Music Ally, BMG rasmiy — 09.09.2026. Universal/Sony ishi davom etmoqda — kuzatamiz.