RobotAka

Qoʻllanma

Claude nima? Anthropic'ning AI suhbatdoshi

Claude kim yaratgan, ChatGPT'dan nimasi bilan farq qiladi, nima uchun dasturchilar uni yaxshi ko'radi va qanday bepul boshlash kerak — oddiy tushuntirish, o'zbek tilida.

ChatGPT va Gemini’dan keyin uchinchisi — Claude. U Anthropic degan kompaniya yaratgan AI suhbatdoshi. Poydevor seriyamning 4-qismi: sun’iy intellekt nima → ChatGPT nima → Gemini nima → endi Claude.

Bir gapda ta’rif

Claude — bu Anthropic kompaniyasining AI suhbatdoshi. Anthropic’ni 2021-yilda OpenAI’dan chiqib ketgan tadqiqotchilar qurishgan — ularning maqsadi kuchli emas, xavfsiz AI yaratish edi. Shu sababli Claude “har qanday savolga imkon qadar tez javob”dan ko’ra “ishonchli javob” yo’nalishida tarbiyalangan.

Nima qila oladi?

  • Suhbatlashadi — savol-javob, g’oyani pishitish, miya-shtorm.
  • Uzun hujjatlarni o’qiydi — shartnoma, hisobot, kitob darajasidagi matnlarni yuborasiz, xulosasini so’raysiz.
  • Yozadi — xat, rezyume, post, hisobot.
  • Kod yozadi — va bu eng kuchli tomoni (quyida).
  • Fayl tahlil qiladi — PDF, jadval, rasm yuborsangiz ichidan kerakli ma’lumotni topadi.

O’zbekcha yozsangiz ham tushunadi va javob beradi.

ChatGPT’dan nimasi bilan farq qiladi?

Asosiy farq ikki narsada:

  • Xavfsizlik yo’nalishi — Anthropic AI xavfsizligi bo’yicha tadqiqotlari bilan tanilgan. Claude o’z javoblarini “konstitutsiya” degan yozilgan qoidalar to’plami bo’yicha tekshirib javob beradi — ya’ni o’zi-o’zini nazorat qiladi.
  • Dasturchilar sevgisi — kod yozish va uzun ishlarda Claude dasturchilar orasida alohida obro’ga ega. Claude Code degan vosita bor: terminalda o’tirib Claude’ga “shu papkadagi loyihani o’qib, xatoni top” deysiz — u o’zi o’qiydi, o’zi tahrir qiladi.

Model nomlari she’riyatdan: Opus (katta asar), Sonnet (sonata), Haiku (qisqa she’r) — kattalik darajasini bildiradi. Hozirgi eng yangisi — Claude Opus 5. Anthropic haqidagi oldingi maqolamda ularning xavfsizlik ishlarini batafsil yozdim.

Qanday boshlash kerak?

  1. claude.ai saytiga kiring yoki telefonga «Claude» ilovasini yuklab oling.
  2. Email yoki Google akkaunt bilan ro’yxatdan o’tasiz — tugadi.
  3. Bepul versiya ko’p narsaga yetadi; kuchliroq modellar uchun Pro darajasi bor.

Kim uchun?

Agar siz ChatGPT yoki Gemini ishlatayotgan bo’lsangiz — hayron bo’lmang, ikkalasi ham yaxshi. Claude’ni sinab ko’rishga arziydigan holat: uzun hujjatlar bilan ishlaganda, kod yozganda yoki javobning “puxta” bo’lishi muhim bo’lganda.

Sinab ko’ring — bepul. Fikr bo’lsa, Telegram kanalimda yozing.