RobotAka

Qoʻllanma

Grok nima? Musk'ning AI suhbatdoshi

Grok kim yaratgan, X bilan nimasi bilan bog'liq, boshqa AI'lardan nimasi bilan farq qiladi va qanday bepul boshlash kerak — oddiy tushuntirish, o'zbek tilida.

Poydevor seriyamning 6-qismi: sun’iy intellekt nima → ChatGPT nima → Gemini nima → Claude nima → Copilot nima → endi Grok.

Bir gapda ta’rif

Grok — bu xAI kompaniyasining AI suhbatdoshi. Kompaniyani Elon Musk 2023-yilda tuzgan; hozir u Musk’ning SpaceX kompaniyasi tarkibida. Asl maqsadi ochiq e’lon qilingan: «maksimal haqiqatni qidiruvchi AI».

Nima qila oladi?

  • Suhbatlashadi — savol-javob, g’oyani pishitish, miya-shtorm.
  • X’dagi jonli ma’lumotni ko’radi — boshqa ko’p AI’lardan asosiy farqi: X (avvalgi Twitter) platformasidagi yangilik va muhokamalarga real vaqtda kirishi mumkin. Yangilik, narx, voqea — eskirmagan ma’lumot so’raysiz, Grok yangi ma’lumot bilan javob beradi.
  • Kod yozadi — Grok Build degan vositasi bor, dasturchilar uchun.
  • Rasm va video yasaydi — Grok Imagine degan qismi rasm chizadi, video ham qiladi.
  • Ovozli suhbat — telefonda ovoz bilan gaplashish mumkin.

O’zbekcha yozsangiz ham tushunadi va javob beradi.

Boshqalardan nimasi bilan farq qiladi?

  • Jonli X ma’lumoti — rasmiy saytlar ma’lumoti yo’q bo’lganda ham X’dagi muhokamalarni ko’rib javob beradi. Yaxshi tomoni — yangilik tezkor; ehtiyot tomoni — X’da noto’g’ri ma’lumot ham ko’p, tekshirishni sizga qoldiradi.
  • X bilan ichma-ich — Grok X ilovasiga o’rnatilgan, obuna orqali ochiladi. Alohida ilovasi va sayti ham bor: grok.com.
  • Ohangi boshqacha — boshqa AI’larning rasmiy ohangidan farqli o’laroq, hazilga moyil javoblari bilan tanilgan.

Hozirgi eng yangi model — Grok 4.6 (2026-yil avgust): uzun, ko’p qadamli ishlarga mo’ljallangan, 500 ming tokenli kontekst oynasiga ega.

Qanday boshlash kerak?

  1. grok.com saytiga kiring yoki telefonda «Grok» ilovasini yuklab oling (X ilovasi ichida ham bor).
  2. Akkaunt bilan ro’yxatdan o’tasiz — tugadi.
  3. Bepul versiya bor; kuchliroq imkoniyatlar obuna orqali.

Kim uchun?

Agar boshqa AI’lardan farqli ohang va X’dagi jonli ma’lumot kerak bo’lsa — sinab ko’rishga arziydi. Yaqinda xAI kompaniyasidagi o’zgarishlar (SpaceX’ga o’tishi) haqida Telegram kanalimda yozdim.

Sinab ko’ring — bepul. Fikr bo’lsa, kanalda yozing.