RobotAka

Qoʻllanma

DeepSeek nima? Xitoyning ochiq AI modeli — oddiy tilda

DeepSeek — Xitoyning open-weight AI modeli: bepul chat, ochiq kod, V4 familyasi. Nima qila oladi, ChatGPT'dan farqi nimada, o'zbek tilida qanday ishlaydi — tushuntiraman.

2025-yil yanvarda dunyodagi eng boy kompaniyalardan biri — Nvidia — bir kuncha ichida 600 milliard dollar bozor qiymatini yo’qotdi. Sabab? Xitoydan kelgan kichik jamoaning AI modeli. Bu — DeepSeek. Keling, tanishtaraman — poydevor seriyamizning 10-qismi. (Uning vosita sifatida batafsil obzori ham bor.)

Bir gapda ta’rif

DeepSeek — Xitoyning Hangzhou shahrida 2023-yil iyulda tashkil topgan AI kompaniyasi. Ular yirik til modellari (LLM) yasaydi va — bu eng muhim jihati — ochiq vaznlarda (open weights) tarqatadi: istalgan kompaniya modelni yuklab olib, o’z serverida ishlata oladi.

Asoschisi — Liang Wenfeng. DeepSeek’ga sotib olish-tranzaksiyalar bilan shug’ullanadigan High-Flyer investitsiya jamg’armasi egalik qiladi va moliyalashtiradi.

Nima uchun mashhur bo’ldi

2025-yil yanvarda DeepSeek-R1 modeli chiqdi. U hashamatli serverlar emas, cheklangan imkoniyatlar bilan o’qitilgan — kompaniya V3 modelini taxminan 6 million dollarga o’qitgani haqida xabar bergan (taqqoslash uchun: GPT-4’ning xarajati 100 million dollardan oshiq deb hisoblangan). Ammo javoblar sifati GPT-4 va o1 darajasiga yaqin chiqdi.

Natija: Wall Street «Sputnik momenti» deb atagan voqea — Amerikaning yopiq AI ekosistemasi birinchi marta arzon ochiq raqibga duch keldi. Nvidia tarixdagi eng katta bir kunlik yo’qotishni oldi.

O’shandan beri DeepSeek modelini MIT litsenziyasida — deyarli hech qanday cheklovsiz — ochiq tarqatadi.

Hozirgi modellari: V4 familyasi

  • V4 Flash — arzon va tez variant: kod yozish, agentlar, katta hajmdagi ishlar uchun
  • V4 Pro — flagman, eng kuchli variant
  • V4 Flash Vision — rasm va skrinshotlarni ham ko’radigan eksperimental model

Barchasida 1 million tokengacha kontekst — ya’ni bir vaqtning o’zida juda uzun hujjat yoki katta loyihani «ko’z oldida» tutadi. Oddiy foydalanuvchi uchun hammasi bepul: chat.deepseek.com saytida yoki ilovada.

ChatGPT’dan farqi nimada?

JihatDeepSeekChatGPT
NarxBepul (chat), API juda arzonBepul versiya bor, Plus pullik
OchiqlikVaznlar ochiq (MIT)Yopiq
O’zbek tiliTushunadi, lekin qo’polroqYaxshiroq
ServerlarXitoydaAQShda

O’zbek tili haqida halol gap: sinab ko’rganimizda DeepSeek o’zbekchani tushunadi, lekin javoblarida ruscha-inglizcha so’zlar ko’proq aralashadi, gap qurilishi ba’zan g’aliz chiqadi. Inglizcha ishlatsangiz — kuchli, o’zbekcha yozish uchun hozircha ChatGPT yoki Gemini qulayroq.

Ehtiyot bo’ling

  • Serverlar Xitoyda — maxfiy ish hujjatlari va mijoz ma’lumotlarini yuklashdan oldin ikki marta o’ylang. (Bu savolni har qanday AI xizmatiga berish kerak.)
  • «Bepul kuchli model» va «to’liq xavfsiz» bir xil emas — xato qiladi, javobni tekshirib tur.

Poydevor seriya: AI nima · ChatGPT · Gemini · Claude · Copilot · Grok · Perplexity · AI agent · Meta AI · DeepSeek (shu post)

Kanalda amaliy maslahatlar va kunlik AI yangiliklar: @robot_aka